Yamanning Xodayda shahri gubernatori Hasan Ali Tohir BMTni isyonchi “Ansarulloh” (husiylar) harakatini qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi.
“BMT vakillari Yamanning qonuniy hukumatiga qarshi urushayotgan isyonchilarni qo‘llab-quvvatlab chiqmoqda”, – dedi gubernator Saudiyaning “Farmon” nashri bilan suhbatda.
Tohirning so‘zlariga ko‘ra, BMT o‘zining Yamandagi ketma-ket almashtirilgan vakillarining faoliyatidagi muvaffaqiyatsizlikdan xulosa chiqarmagan.
Gubernatorning fikriga ko‘ra, butunjahon tashkiloti insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etayotgan “Ansarulloh” harakatini terrorchi guruh sifatida qabul qilishga keskin qarshi chiqyapti.
U BMT va boshqa tashkilotlarni qonuniy hukumatni, xususan Xodayda provinsiyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Manba: azon.uz