Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

BMT: «Suriyada qurshovga olingan hudud qolmadi»

A A A
BMT: «Suriyada qurshovga olingan hudud qolmadi»

Ayni paytga kelib Suriyada BMI mezoni bo‘yicha qurshovga olingan birorta ham hudud qolmadi. Bu haqda BMT Bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Yan Egalann Jenevadagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

Uning aytishcha, qurshovdagi so‘nggi tumanlar bo‘lgan Fua va Kafrayadan odamlar iyul oyida evakuasiya qilindi.

“Biz Suriyadagi qirg‘inbarot va dahshatli urushning yangi pallasiga o‘tmoqdamiz. Hozir katta urushning nihoyasini ko‘rishni juda-juda istaymiz”, – dedi Egalann.

May oyida BMT vakillari Suriyada faqatgina uchta tuman – Fua, Kafraya va Yarmuk qurshovda ekanini ma’lum qilgan edi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 20:42 10.08.2018. O'qildi: 1303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik