Sudan butun mintaqani beqarorlashtirishi mumkin bo‘lgan "to‘liq ko‘lamli fuqarolar urushi" yoqasida.
AFP xabariga ko‘ra, bu haqda BMT bosh kotibi vakili o‘rinbosari Farxon Haq ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, jahon tashkiloti rahbari Antoniu Guterrish kamida 22 kishi halok bo‘lgan Sudandagi Omdurman shahriga berilgan havo hujumini qoralagan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, tashkilot rahbari “qurolli kuchlar o‘rtasida davom etayotgan urush Sudanni keng ko‘lamli fuqarolar urushi yoqasiga olib kelib, butun mintaqani beqarorlashtirishi mumkinligidan juda xavotirda”.