Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

BMT Rossiya Federasiyasini KXDRga qarshi sanksiyalarga rioya qilishga chaqirdi

BMT Rossiya Federasiyasini KXDRga qarshi sanksiyalarga rioya qilishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Shimoliy Koreyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarga amal qilishi kerak. Bayonot Moskva va Pxenyan shu hafta o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolagani va har ikki tomonga qurolli tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda zudlik bilan harbiy yordam ko‘rsatishga kelishib olganidan so‘ng yangradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning shartnoma imzolashi AQShning Pxenyan Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Moskvaga qurol-yarog‘ o‘tkazayotganlikda ayblashi fonida sodir bo‘ldi. Rossiya va Shimoliy Koreya bu ayblovlarni rad etadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Pxenyan tomonidan kengash rezolyusiyalarini buzgan holda ehtimoliy qurol yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqchi bo‘lgan AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Yaponiya iltimosiga ko‘ra, 28 iyun kuni Shimoliy Koreya bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda. .

2006 yildan buyon Shimoliy Koreya raketa-yadro dasturi tufayli BMT sanksiyalari ostida qolgan va bu sanksiyalar Rossiya ko‘magida bir necha bor kuchaytirilgan.

«KXDRga qarshi Xavfsizlik Kengashi tomonidan tasdiqlangan sanksiyalar mavjud. Har qanday davlatning KXDR bilan, jumladan, Rossiya Federasiyasi bilan saqlaydigan har qanday munosabatlari ushbu sanksiyalarga to‘liq mos kelishi kerak», — dedi Guterrish.

Rossiyaning BMTdagi missiyasi Guterrishning so‘zlariga izoh berishdan bosh tortdi.

Kiritildi: 01:04 23.06.2024. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!