Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

BMT Qirg‘iziston va Tojikistonning chegara muammolarini hal qilishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi

BMT Qirg‘iziston va Tojikistonning chegara muammolarini hal qilishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatni tartibga solishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik tarqatgan bayonotida aytiladi, deb yozadi “TASS”.

“Bosh kotib Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlarini uzoq muddatli otashkesim o‘rnatish uchun muloqotga kirishishga chaqirmoqda... BMT chegaradagi kelishmovchiliklarga barqaror yechim topishda yordam berishga tayyor, agar tomonlardan bunday so‘rov kelib tushsa," dedi u.

Avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Sadir Japarov va Emomali Rahmon davlatlar o‘rtasidagi chegaralardan qo‘shimcha kuchlarni olib chiqishga kelishib olgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 22:11 17.09.2022. O'qildi: 2285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!