Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

BMT minbarida BMTning o‘zi tanqid qilindi

BMT minbarida BMTning o‘zi tanqid qilindi

Argentina prezidenti BMT minbaridan turib tashkilotni keskin tanqid qildi.

Argentina prezidenti Xavyer Miley Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining umumiy majlisidagi nutqida tashkilotni keskin tanqid qildi.

Miley BMTni samarasizlikda ayblab, tashkilot «tartibsizlik, zo‘ravonlik va xalqaro terrorizm» tarqalishiga yo‘l qo‘yganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inson huquqlari va xavfsizligini ta’minlash o‘rniga, BMT «qonxo‘r diktaturalar» va «ko‘chalarda ayollarni toshbo‘ron qiladigan rejimlar»ni himoya qilgan. Shuningdek, prezident tashkilot atrofida odamlar hayoti va suveren davlatlar siyosatiga aralashadigan ulkan byurokratik tizim shakllanganini ta’kidladi.

Miley BMT faoliyati natijasini «anarxiya va tiranlik aralashmasi» deb baholadi.

Shundan so‘ng Argentina prezidenti sun’iy intellekt mavzusiga o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt mehnat unumdorligini keskin oshirishi mumkin.

Miley Argentinada sun’iy intellekt sohasini qat’iy tartibga solishga qarshi ekanini yana bir bor bildirib, uning o‘rniga soliq imtiyozlari va sun’iy intellekt agentlari bilan ishlaydigan kompaniyalar uchun cheklangan javobgarlik tizimini taklif qildi.

Kiritildi: 21:05 25.09.2026. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!