Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

BMT Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida qatnashmadi

A A A
BMT Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida qatnashmadi

Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda BMT ishtirok etmadi.

Bu haqda BMT bosh kotibi matbuot kotibi yordamchisi Stefani Trembley ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi davom etayotgan mojaro yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan davlatlar orasida AQSh va Turkiya bo‘lsa-da, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) muzokaralarda ishtirok etmadi: "Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida BMTga vositachilik so‘rovi bo‘lmadi. Ya’ni BMT jarayonga aralashmaydi", - dedi Trembley.

Eslatib o‘tamiz, 16 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi.

Kiritildi: 22:35 16.05.2025. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!