Bugun 26 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

BMT ishg‘ol ostidagi ukrainaliklarning qiynoqqa solinganining yangi dalillarini topdi

BMT ishg‘ol ostidagi ukrainaliklarning qiynoqqa solinganining yangi dalillarini topdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ukrainadagi huquqbuzarliklarni tergov qilish komissiyasi hisobotida qayd etilishicha, ukrainalik harbiy asirlar va Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda qamoqqa olingan tinch aholi tayinlangan “hokimiyat vakillari”ning roziligi bilan muntazam ravishda qiynoqqa solingan. Yangi dalillar ekspertlarning qiynoqlar, ayniqsa qamoqxonalardagi kuch ishlatishlar keng tarqalganligi haqidagi xulosalarini tasdiqlaydi, shuningdek, qiynoqlarga Rossiya Federasiyasining "ma’lum bir xizmatlar xodimlari" jalb qilinganligini ko‘rsatadi.

BMT ekspertlarining fikricha, "asosan erkaklarga nisbatan" jinsiy zo‘ravonlik Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi deyarli barcha qamoqxonalarda qo‘llaniladigan qiynoq usullaridan biriga aylangan. "Qiynoqlarni qo‘llash bo‘yicha buyruqlar Rossiya hukumatining yuqori martabali vakillari tomonidan berilgan, ular sodir bo‘layotgan voqealarni ma’qullagan yoki unga aralashishni zarur deb hisoblamagan", deya ta’kidlanadi komissiya hisobotida.

"Bosib olingan hududlarda aholini “ruslashtirishga” qarshi chiqqan tinch aholi qiynoqlarga duchor bo‘lmoqda. Bu esa urush vaqtida insonparvar munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyalariga ziddir", — deya qayd etadi BMT ekspertlari.

Kiritildi: 20:05 25.09.2024. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!