Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

BMT bosh kotibi o‘rinbosari Farg‘ona viloyatida ISHID yuzaga keltirgan tahdidlar haqida gapirdi

BMT bosh kotibi o‘rinbosari Farg‘ona viloyatida ISHID yuzaga keltirgan tahdidlar haqida gapirdi

BMT bosh kotibining o‘rinbosari va Aksilterrorchilik boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov kuni kecha ISHID yuzaga keltirayotgan tahdidlar haqidagi yangi hisobotni Xavfsizlik kengashi a’zolariga taqdim etdi, deb yozadi Podrobno.uz .

ISHID Markaziy Osiyoda o‘z faoliyati hududlarini kengaytirishga urinishlarni davom ettirmoqda , dedi Voronkov BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

Uning hisobotida ma’lum qilinishicha, ISHID Markaziy Osiyoda nafaqat o‘z faoliyati sohasini kengaytirmoqda, balki odamlar to‘planadigan joylarda, birinchi navbatda, Farg‘ona vodiysida terrorchilik aktlarini amalga oshirishga undamoqda.

Hisobotda ta’kidlanishicha, ISHID bilan bog‘liq teraktlar sonining qisqarishi va terrorchilar nazorati ostidagi hududlarning kamayishiga qaramasdan, bu tashkilot hamon markazlashgan boshqaruvga ega bo‘lgan global tashkilot sifatida tahdid qilmoqda.

Bu tahdidlar xorijlik jangarilar terrorchilarning vataniga qaytishi, ular joylashuvining o‘zgarishi yoki qamoqxonalardan ozod etilishiga bog‘liq , deya ta’kidladi Vladimir Voronkov o‘z chiqishida.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 20:02 12.02.2019. O'qildi: 1951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!