Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

BMT bosh kotibi Rossiya-Ukraina mojarosida qurbonlar soni ortib borayotganidan chuqur xavotirda

BMT bosh kotibi Rossiya-Ukraina mojarosida qurbonlar soni ortib borayotganidan chuqur xavotirda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaning Xerson viloyati, Xorli shahrida yuz bergan voqeaga izoh berdi.

Bu haqda BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Bosh kotib Rossiya-Ukraina mojarosida tinch aholi qurbonlari sonining ko‘payishi, shuningdek, Ukraina va Rossiyadagi hujumlar natijasida muhim fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, energetika ob’ektlari va portlari vayron bo‘lishidan chuqur xavotirda.

"Tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi hujumlar xalqaro huquq doirasida taqiqlangan. Qayerda sodir bo‘lishidan qat’i nazar, ular qabul qilib bo‘lmaydigan va to‘xtatilishi kerak" deb ta’kidlagan Dujarrik, Guterresning Rossiya-Ukraina urushini ham to‘xtatishga chaqirganini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!