Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

BMT Bosh kotibi: "Dunyo dahshatli bosqichga yetdi!"

BMT Bosh kotibi: "Dunyo dahshatli bosqichga yetdi!"

BMT rahbari, statistika ma’lumotlari odamlarning qarindosh, do‘st va hamkasb bo‘lgan haqiqiy insonlarning hayotidan iborat ekanligini unutmaslikka chorladi va barchani jismoniy masofani saqlashga, niqob taqishga va qo‘llarini doimiy ravishda yuvib yurishga chaqirdi.

Bosh kotib pandemiya shafqatsizligiga qaramay, insoniyat o‘z xatolaridan saboq olsa, bu qiyinchilikni yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.

"Ko‘plab insonlar halok bo‘lganligi haqidagi xotiralar bizning kelajagimiz hamjihatlikka, odamlar va millatlarning birlashuviga bog‘liqligini hech qachon unutmasligimizga imkon bersin. Mas’uliyatli yetakchilik, ilm-fan va hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Dezinformasiya nobud qilishini tushunish muhimdir", deya ta’kidladi Bosh kotib.


 

 

Kiritildi: 21:23 29.09.2020. O'qildi: 3857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!