Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi Bashar Asad hokimiyatdan ketishi bilan qo‘shni davlatlardagi Suriya fuqarolari yoppasiga vataniga qaytayotganiga e’tibor qaratgan.
Qochqinlar komissarligining ushbu masalaga doir bayonotida 2024 yil 8 dekabrdan buyon Suriyaga Turkiya, Iordaniya va Livandan 115 000 ga yaqin odam qaytib kelgani e’lon qilindi.
Bu raqam tegishli davlatlar, Suriyadagi migrasiya idoralari hamda BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi va tuzilmaning hamkorlari tomonidan chegaralarda o‘tkazilgan kuzatuvga asoslangan.