Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati (FXX) va Harbiy razvedka (GRU) hakerlari elektron pochta xabarlarini o‘qishgan, shaxsiy videolarni tomosha qilishgan, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab elektr stansiyalari faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi ham mumkin bo‘lgan, deb yozadi agentlik.
Qayd etilishicha, Rossiya FXX bir necha oy davomida Gruziya Tashqi ishlar vazirligi xodimlari, jumladan mamlakatning turli davlatlardagi elchixonalari elektron pochta xabarlarini kuzatgan.
AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, operasiyani FXX uchun ishlaydigan Turla nomli hakerlar guruhi xakerlari amalga oshirgan. Rossiya GRU esa, o‘z navbatida, Gruziya Markaziy saylov komissiyasi serverlarini buzgan, shuningdek, Gruziya temir yo‘llari tizimiga kiberhujumlar uyushtirgan.