Nashrning yozishicha, Shols bunga qarshi. "Urush bundan ham katta falokatga aylanmasligi kerak", deya fikr bildirmoqda Germaniya kansleri.
Ukrainaning alyansga tezroq qo‘shilishi Volodimir Zelenskiyning 16 oktyabr kuni e’lon qilgan “g‘alaba rejasi”ning bandlaridan biridir. Kiyevning ba’zi ittifoqchilari bu taklifdan Kremlga potensial bosim dastagi sifatida foydalanishga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, Germaniya kansleri Olaf Shols nafaqat Ukrainaning NATO'ga kirishiga, balki uzoq masofali qurollar yetkazib berilishiga ham qarshi.
"Biz Ukrainani imkon boricha qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu bilan birga, biz NATO'ning urush ishtirokchisiga aylanmasligiga, bu urush hozirgidan ham kattaroq falokatga aylanib ketmasligiga ishonch hosil qilishimiz zarur", — dedi Shols.