Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bloger Dima Qayum va rishtonlik ayollar sudi: Dima Qayumning qo‘pol javobi, ayollarning hayrati va yakuniy hukm

Bloger Dima Qayum va rishtonlik ayollar sudi: Dima Qayumning qo‘pol javobi, ayollarning hayrati va yakuniy hukm

Rishton ma’muriy ishlari bo‘yicha sudida Dima Qayum va 5 nafar rishtonlik ayollar ishi ko‘rib chiqildi. 14 oktyabrda 5 nafar ayollarning Dima Qayumga "xujum" qilganliklari haqidagi xabar tarqalgan edi. Dima ularni sudga bergani haqidayam aytib o‘tgandim. 

Sud nima bilan tugaganiga qiziqayotganlar uchun tezroq qarorni aytib qo‘yaqolay. Sudya ikkala tomonlarni birma-bir eshitib ko‘rdi. 5 nafar ayollarga nisbatan eng kam ish haqining 22 barobarida jarima to‘lashga qaror qilindi. 

Endi biroz tafsilotlar... 

Sud bugun soat 15:00 ga belgilangan bo‘lsa-da, 2 soatcha tashqarida kutishga to‘g‘ri keldi. 

Kutish jarayonida bir ayol kelib, "Dilshodjon, uka, bizni nega internetga chiqarvordiz? Sizning ham xotiningiz bor. Uni biz ham s’yomka qilib, internetga chiqarvorsak, nima bo‘ladi?" deb savol berdi.

 "Mening xotinimni internetga chiqarganni ... (juda qo‘pol jumla)" deb javob qildi Dima Qayum. Bu gapni ko‘pchilik, hatto ichki ishlar xodimi ham eshitdi. 

Bu gap aytilgan ayol, Dima maktabda o‘qib yurganida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan ayol bo‘lib chiqdi. Shunda boshqa bir ayol kelib "unda bizlarning erimiz kelib sizni shunaqa qilsa, nima bo‘ladi? "Samosud" deb yana internetga chiqarvorasizmi?" deb savol berdi. 

Dima bu savolni javobsiz qoldirdi. Uchastkavoy akamiz ular o‘rtasida yangi mojaro kelib chiqmasligi uchun tinchlantirib, sud boshlanishini kutishga chaqirdi. 

Bu gapdan ochig‘i, hayron qoldim. Dimaning yonida dalda bo‘lish uchun borgan do‘sti ham hayron bo‘lib "Birovning xotinini videoga olib chiqarvorishsa bo‘larkan, lekin uning xotinini s’yomka qilganni "o‘shanaqa ish" qilarkan. Ajoyib mantiq", dedi. 

Ayollar o‘g‘illariga, erlariga telefon qilishni boshlashdi. Biroz o‘tib sud hovlisi yigitlar va erkaklarga to‘ldi. Ichki ishlar xodimi ham yordamchi kuch chaqirishga majbur bo‘ldi shekilli, boshqa IIB xodimlari ham hovlida paydo bo‘lishdi. Nafaqat hokimlar, endi qovun tushurish navbati bloggerlarga o‘tdimikin, deb o‘ylab ham qoldim. 

Har tugul sud boshlandi. Biroq haligi gapning ta’siridan ayblanuvchi ayollardan biri hushini yo‘qotgani uchun tez yordam chaqirishga to‘g‘ri keldi. 

Sudda Dima Qayum da’vosi yo‘qligini, ayollarni kechirganini, ayb ish qilgan bo‘lsa, uniyam kechirishlarini so‘radi. So‘z berilgan ayollar, aybsiz ekanliklarini, Dimaning qayeriga tan jarohati yetkazishibdi yoki qaysi haqoratli so‘zni ishlatishganini bilishmayotganini aytib hayronliklarini bildirishdi. Biroq, xulosa aniq: ayollar 22 "minimalka"ni olishdi. 

Ayrimlar Dima Qayum o‘z safdoshlari orqali chiqargan videoni ko‘rgandirlar, lekin ayollar ham s’yomka qilgan video bor edi. U yerda taassurot boshqacha bo‘ladi. Shunga asoslanib, ayollar ham qarshi da’vo bilan sudga murojaat qilishganiga qaramay, sud ularning arizasini ko‘rmasdan qoldirdi. Ayollar yana hayron bo‘lishdi. 

Eng qizig‘i, Dima Qayumni qo‘llab-quvvatlovchi Toshkentdagi, Farg‘onadagi rasmiylar "Rishton markazidagi hudud"dan joy qilib berishni so‘rashgan. Bozordan emas, Rishton markazidan! Rishton hokimi Subhonjon Soliyev Rishton markazidagi 3 ta joyni tavsiya qilgan. Biroq Dima uchala joyni ham inkor qilib Bozor hududidan joy berishni talab qilgan. Bu haqda menga Rishton hokimiyati matbuot kotibi aytdi. 

Kechki soat 7 dan o‘tganda sud tugadi. Bu haqda yozishimni u yerdagilarga aytdim. Guvohsizlar, ko‘rganim va eshitganimni bayon qildim. 

O‘qiganingiz uchun rahmat!

 Bahodirhon Eliboyev 

 

 

P/s. Muallifning fikrlari sayt nuqtai-nazaridan farqlanishi mumkin.

Kiritildi: 09:31 18.10.2019. O'qildi: 5402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!