Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Blinken: Xitoy Putinning "urush mashinasi"ni yonilg‘i bilan ta’minlayapti

Blinken: Xitoy Putinning "urush mashinasi"ni yonilg‘i bilan ta’minlayapti

"Xitoy kompaniyalari Rossiya Federasiyasiga harbiy sanoat uchun mahsulotlar yetkazib berish orqali Vladimir Putinga Ukrainaga qarshi urushni davom ettirishga yordam bermoqda", dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvda.

"Pekin, bir tomondan, tinchlik va mojaroga chek qo‘yishni xohlayotganini aytsada, boshqa tomondan, o‘z kompaniyalariga Putinning tajovuzkorligini davom ettirishga yordam beradigan harakatlarni amalga oshirishga ruxsat bergan, bu ikki harakat bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti", dedi Blinken.

Shu bilan birga, Davlat kotibi Vashington Rossiya-Xitoy munosabatlariga aralashish niyatida emasligini ta’kidladi, lekin Rossiya Federasiyasi va XXR o‘rtasidagi bunday hamkorlikni "muammo" deb atadi. Vang I, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlar "bloklararo qarama-qarshilik"ga yo‘l qo‘ymaslik uchun "Xitoyga tuhmat qilishni va sanksiyalarni qo‘llashni to‘xtatishi" kerakligini aytdi.

Kiritildi: 11:16 29.09.2024. O'qildi: 1641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!