Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Blinken Lavrov bilan suhbatlashmoqchi

A A A
Blinken Lavrov bilan suhbatlashmoqchi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken yaqin kunlarda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbatlashmoqchi.

Bu haqda u Davlat departamentida jurnalistlarga aytdi va bu ularning Rossiya Ukrainada maxsus operasiya boshlaganidan keyin birinchi suhbati bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Blinken Lavrov bilan Rossiyada hibsga olingan amerikaliklar taqdiri va Ukraina don eksporti mavzusini muhokama qilmoqchi.

"Men biz uchun ustuvor bo‘lgan masalani ko‘taraman. Bu amerikaliklar Pol Uilan va Britni Grinerning ozod etilishi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha hafta oldin Amerika tomoni Moskvaga ularning ozod etilishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan taklif bilan chiqqan. Moskva va Vashington vakillari doimiy aloqada va bu taklifni muhokama qilmoqda.

Kiritildi: 08:58 28.07.2022. O'qildi: 3016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik