Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Blinken HAMASni Isroilning G‘azo sulhi bo‘yicha so‘nggi taklifini qabul qilishga chaqirdi

Blinken HAMASni Isroilning G‘azo sulhi bo‘yicha so‘nggi taklifini qabul qilishga chaqirdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharq inqirozini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistoniga bordi — Reuters.

Jahon iqtisodiy forumining maxsus sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida bir qancha davlatlarning yuqori martabali vakillari, jumladan, AQSh Davlat kotibi hamda Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr Tashqi ishlar vazirlari G‘azodagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

"G‘azo xalqi bilan o‘t ochishni to‘xtatish o‘rtasida turgan yagona kuch – HAMAS. Ular ular tez qaror qabul qilishi kerak. Umid qilamanki, ular to‘g‘ri qaror qabul qiladi", deya ta’kidladi Blinken.

AQSh Davlat kotibi, shuningdek, Jahon iqtisodiy forumining maxsus sessiyasida ishtirok etish uchun Ar-Riyodga kelgan Fors ko‘rfazi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi.

Kiritildi: 20:23 29.04.2024. O'qildi: 917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!