Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Bitiruv tadbiri talabalarga ancha qimmatga tushdi

Bitiruv tadbiri talabalarga ancha qimmatga tushdi

Qarshi shahri ko‘chalarida avtomashinada shou o‘tkazgan bir guruh talabalar mahkamaga tortildi.

Gap shundaki, Qarshi davlat universiteti bitiruvchi talabalari bitiruv tadbirlarini o‘ziga xos nishonlashni rejalashtiradi va bir guruh bo‘lib avtomashinani inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan uslublarda boshqarishadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi sudyasi raisligida mazkur ish ko‘rib chiqilib, talabalarning harakatiga qonuniy chora ko‘rildi. Ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan bitiruvchilar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-10-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va BHMning 25 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, mashinani boshqargan talaba bir yilga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilindi.

Kiritildi: 18:15 09.06.2025. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!