Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bishkekda juma namozlarini o‘qish vaqtincha to‘xtatildi

Bishkekda juma namozlarini o‘qish vaqtincha to‘xtatildi

Epidemiologik vaziyat og‘irlashib borayotganligi tufayli Qirg‘iziston muftiyati Bishkek masjidlarida juma namozlarini o‘qish vaqtincha to‘xtatib turilishini bildirdi.

Ushbu qaror Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi hamda Sanitaniya-epidemiologiya nazorati markazining talabi bilan qabul qilindi. Taqiq vaziyat yaxshilangunga qadar davom etadi. Muftiyat masjidlarda iftorlik o‘tkazmaslik bilan bog‘liq cheklovlar o‘z kuchida qolayotganini qayd etdi.

Shuningdek, muftiyat fuqarolardan kasallanish holatlarining oldini olish uchun profilaktika qoidalariga rioya etishni so‘radi.

Kiritildi: 16:35 30.04.2021. O'qildi: 2831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!