Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Quvondiq Bishimbayev 24 yillik qamoq jazosini koloniyada o‘tashda davom etmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi jinoiy-ijro tizimi qo‘mitasiga tayanib Tengrinews xabar berdi.
Turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ta shafqatsizlarcha va qiynoqlar bilan o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan Bishimbayev qamoqdan qochmagan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda sudlangan Bishimbayev Quvondiqning qamoqdan qochib ketgani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu mahkum jazoni qattiq rejimdagi muassasada o‘tamoqda», deyiladi xabarda.
Shuningdek, Bishimbayevning koloniyadan qochib ketgani haqidagi yolg‘on ma’lumot tarqatilgani sababli jinoiy ish ham qo‘zg‘atilgan.