Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Birinchi Mourinyoni rozi qilish kerak!

Birinchi Mourinyoni rozi qilish kerak!

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo braziliyalik hujumchi Endrikning qishki transfer oynasida boshqa jamoaga o‘tishiga qarshi.

Jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, 20 yoshli futbolchiga Italiyaning "Milan" va "Roma" klublari, shuningdek, Angliya Premyer-ligasining bir nechta jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Biroq portugaliyalik mutaxassis Endrikning hujum chizig‘idagi istalgan pozisiyada o‘ynay olish qobiliyatini yuqori baholaydi va uni jamoada saqlab qolish niyatida. Shu bois transferning amalga oshishi bevosita Mourinyoning qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 06:47 27.11.2026. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik