Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Bir yo‘nalishda ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionati shohsupasiga ko‘tarildi

A A A
Bir yo‘nalishda ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionati shohsupasiga ko‘tarildi

Parijda bo‘lib o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida F37 klassining yadro uloqtirish dasturida birdaniga ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi.

Jumladan, Qudratulloxon Ma’rufxo‘jayev 14 metr 69 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 14 metr 62 sm natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldoshev delegasiyamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Qayd etish lozimki, har ikkala sportchimiz ushbu musobaqada o‘zlarining shaxsiy rekordlarini o‘rnatishdi va eng muhimmi, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisenziyani qo‘lga kiritishdi.

Kiritildi: 16:46 10.07.2023. O'qildi: 1526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!