Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro boshlanganidan beri ikki yil ichida 192 nafar rossiyalik shaxmatchi sport fuqaroligini o‘zgartirdi. Bu haqda Kazinform agentligi Deusche Welle nashriga tayanib xabar beradi.
Ushbu ma’lumot Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) statistik ma’lumotlarida ko‘rsatilgan.
Jahon reytingining kuchli 100taligidan Sanar Syugirov (40-o‘rin), Aleksey Sarana (41-o‘rin), Vladimir Fedoseev (45-o‘rin), Nikita Vityugov (50-o‘rin), Aleksandr Predke (64-o‘rin), Kirill Alekseenko (89-o‘rin) va Aleksandra Kostenyuk (ayollar reytingida 11-o‘rin) Rossiya terma jamoasidan ketdi.
Rossiya terma jamoasi tarkibiga besh nafar sportchi kiritilgan: ukrainalik Yuriy Ayrapetyan va Viktor Filonov, avstraliyalik David Bukata, ozarbayjonlik Kanan Geydarli va qozog‘istonlik Nadejda Iskichekova.
192 nafar shaxmatchi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning boshlanishi va sportchilarga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar tufayli sport fuqaroligini o‘zgartirdi.
2022 yilda ularning soni 88 kishini tashkil etgan edi.
Rossiya terma jamoasi FIDE bayrog‘i ostida neytral xalqaro turnirlarda qatnashadi.
Sports.runing xabar berishicha, xalqaro shaxmatda sport fuqaroligini o‘zgartirishning soddalashtirilgan shakli mavjud.
O‘yinchichi yangi davlat fuqaroligini olishi shart emas, agar u o‘sha davlatda doimiy yashasa, federasiyaga jamoani o‘zgartirmoqchi ekanligini aytish kifoya.