Sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Bilol Chug‘tay ham Google DeepMind’dan texnologiya insoniyatni yo‘q qilishidan qo‘rqib iste’foga chiqdi.
Bilol Chug‘tay kelgusi yillarda sun’iy intellekt kompaniyalari inson imkoniyatlaridan har jihatdan ustun bo‘lgan super aqlli tizimlarni yaratishiga qarshi ishdan ketganini malum qildi.
"Vaziyat yanada yomonlashadi: menimcha, keyingi bir necha yil ichida sun’iy intellekt kompaniyalari har bir sohada inson imkoniyatlaridan sezilarli darajada ustun bo‘lgan super aqlli sun’iy intellekt tizimlarini yaratishda muvaffaqiyat qozonishlari mumkin. Men bu sun’iy intellekt tizimlari biz xohlagan narsani bajarishiga amin emasman. Men sun’iy intellekt insoniyatni yo‘q qilishga qodirligiga va bizda bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun vaqt tugab qolishiga qat’iy ishonaman" - dedi Bilol Chug‘tay.
Avvalroq tadqiqotchilar Jo Benton va Jeykob Kokson Anthropic'ni tark etishgan edi. Ularning ikkalasi ham sun’iy intellekt insoniyatni yo‘q qilishidan qo‘rqishini aytishgan.