Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Bill Geyts butun boyligini xayriya ishlariga sarflash rejasini e’lon qildi

A A A
Bill Geyts butun boyligini xayriya ishlariga sarflash rejasini e’lon qildi

Microsoft transmilliy korporasiyasi asoschilaridan biri Bill Geyts 20 yil ichida butun boyligini xayriya ishlariga sarflashni rejalashtirayotganini ma`lum qildi.

Bu haqda u shaxsiy blogida yozgan.

"Men pulimni jamiyatga dastlab rejalashtirganimdan ancha tezroq qaytarishga qaror qildim. Kelgusi 20 yil ichida butun boyligimni Geyts jamg‘armasi orqali butun dunyo bo‘ylab odamlar hayotini saqlab qolish va yaxshilash uchun sarflayman", - dedi u.

Geyts jamg‘armasi 2045 yil 31 dekabrda yopiladi.Bu vaqt ichida jamg‘arma 200 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashi kerak, deya qo‘shimcha qildi tadbirkor.

“O‘lganimda men haqimda ko‘p gaplar aytiladi, lekin men odamlar aytadigan gaplardan biri “boy o‘lgan” bo‘lmasligi kerak, deb qaror qildim. Boshqalarga yordam bera oladigan resurslarga ega bo‘lishim uchun shoshilinch e’tiborni talab qiladigan muammolar juda ko‘p”, deb yozdi oktyabr oyida 70 yoshga to‘lgan Geyts.

Kiritildi: 08:41 09.05.2025. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!