Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Bild: Bashar Asad qurolli guruhlar bilan hokimiyatni topshirish bo‘yicha kelishmoqchi bo‘lgan

Bild: Bashar Asad qurolli guruhlar bilan hokimiyatni topshirish bo‘yicha kelishmoqchi bo‘lgan

Gazetaning xabar berishicha, muzokaralar Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan. Rejaga ko‘ra, Bashar Asad prezidentlikdan iste’foga chiqib, Rossiyaga uchib ketishi kerak edi. Shundan so‘ng, harbiy harakatlar to‘xtab, hokimiyat avval vaqtinchalik hukumatga, keyin esa muxolifatga topshirilishi rejalashtirilgan edi.

"Dastlabki rejaga binoan, asosiy kuch sifatida Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Suriya milliy armiyasi” maydonga chiqishi kerak edi. Bu guruh “Hay’at Tahrir ash-Shom” harakatidan ustun bo‘lishi ko‘zda tutilgandi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, bu reja amalga oshmagan", deb yozadi Bild.

Kiritildi: 18:00 08.12.2024. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!