Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Bilarmidingiz?! “Everest” yer yuzidagi eng baland cho‘qqi emas

Bilarmidingiz?! “Everest” yer yuzidagi eng baland cho‘qqi emas

“Everest” (dengiz sathidan 8848 metr balandlikda) dunyoning eng baland cho‘qqi, deb tan olinganidan har bir alpinist uning cho‘qqisiga chiqishni orzu qiladi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, eng baland cho‘qqi Gavay orollaridagi Mauna-Kea ekan.

“Mauna-Kea”ning etaklari Tinch okeanining tubida, 6 kilometr chuqurlikda joylashgan. Okeandan tepadagi qismi esa 4205 metr. Agar suv ostidagi balandligi ham qo‘shilsa, tog‘ etagidan cho‘qqisigacha bo‘lgan oraliq 10203 metrdan iborat bo‘ladi. Bu esa uni nafaqat Yer yuzidagi, balki butun Quyosh tizimidagi eng baland tog‘lar sirasiga kirishini anglatadi, deydi "xabardor.uz".

Olimlarning aytishicha, Oydagi eng baland tog‘ 8 ming metrdan oshmas ekan. Venera sayyorasidagi 

Ishtar platosining maydoni Tibetdan 2 baravar katta, markazida esa 11 ming metrlik ulkan cho‘qqi mavjud. Marsdagi Olimp esa juda baland – 24 kilometr.

Kiritildi: 20:45 20.11.2019. O'qildi: 12112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!