Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Besh Yevropa davlati migrantlarni Ruandaga jo‘natmoqchi

Besh Yevropa davlati migrantlarni Ruandaga jo‘natmoqchi

Avstriya, Germaniya, Gresiya, Daniya va Niderlandiya boshpana berish rad etilgan, ammo o‘z yurtiga qaytarish imkoni bo‘lmagan migrantlarni Ruandadagi maxsus markazlarga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindtning aytishicha, markazlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar yaqin vaqtda boshlanadi. Ushbu tashabbus migrantlar oqimini kamaytirishga ham qaratilgan.

Avstriya kansleri Kristian Shtokker buni migrasiya siyosatidagi “tarixiy o‘zgarish”deb atadi.

Kiritildi: 15:12 17.11.2026. O'qildi: 752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik