Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Berdimuxamedov “Turkmanneft” boshlig‘ini qoloqlik uchun lavozimidan bo‘shatdi

Berdimuxamedov “Turkmanneft” boshlig‘ini qoloqlik uchun lavozimidan bo‘shatdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanneft davlat konserni raisi Dovlatturdi Xojiyevni egallab turgan lavozimidan bo‘shatdi.

Prezidentning tegishli farmoni mamlakatning joriy yil 1-choragi uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijalariga bag‘ishlangan hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida imzolangan.

Davlat rahbari hujjatni imzolayotib, ayni vaqtda neft-gaz tarmog‘ida bir qator kamchiliklar borligini ta’kidlab o‘tgan.

Yangi texnologiyalarni neftni chuqur qayta ishlashga tatbiq qilish bo‘yicha ishlar sekin ketmoqda. Shu sababli men Xojiyevni ishda qo‘yilgan kamchiliklar uchun lavozimidan bo‘shataman , deb aytgan Turkmaniston prezidenti.

Berdimuhamedov neft-gazni qayta ishlash tarmog‘iga zamonaviy texnologiyalarni faol tatbiq qilish lozimligini uqdirib o‘tgan.

Konsern rahbari lavozimi Xojiyevning o‘rinbosari Japarguli O‘razov zimmasiga vaqtinchalik yuklangan.

2017 yil martida konsern raisi etib tayinlangan Xojiyev bungacha xizmat vazifalarini tegishlicha bajarmayotgani va davlat topshiriqlari bajarilishini ta’minlamayotgani uchun 2 marotaba hayfsan olgan.

Turkmanneft konserni Turkmangaz bilan bir qatorda Turkmaniston iqtisodiyotining negiz tarmog‘i hisoblanadi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda har yil 10 mln tonnadan ko‘proq neft olinadi. Bu hajm mamlakatning neftga ehtiyojini to‘liq qoplashga hamda neft va neft mahsulotlarining katta qismini tashqi bozorda sotishga imkon beradi.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 05:16 15.04.2019. O'qildi: 1737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!