Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Berbok: Endi bu mablag‘lar yetarli bo‘lmaydi

Berbok: Endi bu mablag‘lar yetarli bo‘lmaydi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirmoqda.

"Germaniyaning mudofaa uchun yalpi ichki mahsulotning ikki foiziga teng mablag‘ sarflash majburiyati endi yetarli bo‘lmaydi", — deya fikr bildirdi Annalena Berbok Süddeutsche Zeitung gazetasi konferensiyasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa xarajatlarini oshirish Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganidan keyin transatlantik munosabatlar uchun ko‘prik bo‘ladi. Bundan tashqari, mudofaa budjetini oshirish Germaniyaning xavfsizlik manfaatlariga mos keladi va NATOning Yevropa tarkibiy qismini mustahkamlaydi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘proq budjet mablag‘lari, jumladan, Rossiyaning dronlariga qarshi mudofaa zarurligini aytdi.

"Evropa ham o‘zining mudofaa qobiliyatini oshirishi, xususan havo hududini himoya qilishi kerak. Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi davlatlar armiyalarining vazifalarini taqsimlash va imkoniyatlarini birlashtirish zarur", — deya ta’kidladi Germaniya TIV rahbari.

Berbok, shuningdek, kuz va qishda Ukrainani kuchliroq qo‘llab-quvvatlash uchun G‘arbni birlashishga chaqirdi.

Kiritildi: 20:24 11.11.2024. O'qildi: 1836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!