"Real Madrid" hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem "Golden Boy" sovrinini qo‘lga kiritadi.
Marca gazetasining xabar berishicha, aksariyat ommaviy axborot vositalari vakillari 20 yoshli ingliz futbolchisi uchun ovoz berishgan. Respondentlarning deyarli 95 foizi "qirollik" klubi futbolchisini birinchi o‘ringa qo‘ygan.
Bellingem o‘tgan yozda "Borussiya Dortmund"dan 103 million yevro evaziga "Real"ga o‘tgan edi. U bilan 2029 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma imzolangan.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Jud o‘nta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi.