Belgiya Ukraina uchun AQShdan qurol-yarog‘ xarid qilish maqsadida qo‘shimcha 100 million yevro ajratishga qaror qildi.
Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘ PURL dasturi doirasida yo‘naltiriladi.
Shuningdek, vazir Yevropa Ittifoqi doirasidagi qarorlarga ham to‘xtalib o‘tdi. U Vengriyadagi saylovlardan so‘ng Kiyev uchun 90 milliard yevro miqdoridagi kredit hamda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha qarorlar qabul qilinishiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ommaviy axborot vositalarida Tramp Yevropa davlatlarini Eronga qarshi harakatlarda ishtirok etishga undash maqsadida Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgani haqida ham xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, PURL dasturi – AQSh orqali Ukrainaga qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berishga qaratilgan moliyaviy yoki logistik dasturlardan biri bo‘lib, bu – Yevropa davlatlarining AQShdan Ukraina uchun qurol sotib olishni nazarda tutadi.