Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan mansabdor shaxslar 921 500 so‘mgacha jarima to‘laydi

Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan mansabdor shaxslar 921 500 so‘mgacha jarima to‘laydi

Belgilanmagan joylarga turli xildagi chiqindilarni tashlagan fuqarolar jarimaga tortiladi.

“Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan, ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun mazmuniga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda kiritildi.

Unga ko‘ra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish – fuqarolarga 92 150 so‘mdan 552 900 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 552 900 so‘mdan 921 500 so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham takrorlansa – fuqarolarga 552 900 so‘mdan 921 500 so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa – 921 500 so‘mdan 1 mln 843 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Manba: turon24

Kiritildi: 17:48 21.10.2018. O'qildi: 1317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!