Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bektemir tumanida skuterni olib qochgan shaxslarni aniqlandi

Bektemir tumanida skuterni olib qochgan shaxslarni aniqlandi

13 iyun kuni soat 23.00 dan 23.10 gacha bo‘lgan vaqt ichida noma’lum shaxs Bektemir tumani J. Toshkandiy ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan Lifan rusumli narxi 9 million so‘m bo‘lgan motoskuterni o‘g‘irlab ketgan. Motoskuter egasi 42 yoshli Edgar A. ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qildi.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari davomida gumonlanuvchilarning shaxslari aniqlandi: ular 33 yoshli Djafer YU. va 21 yoshli Anastasiya S. ekanliklari ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda, deyiladi "iibb.uz" xabarida.

 

Kiritildi: 23:07 11.07.2020. O'qildi: 2233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!