Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bekobodda “O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi

Bekobodda “O‘zmetkombinat” ishchisi omborxonada o‘zini osib qo‘ydi

Joriy yilning 17 aprel kuni soat 09:00 atrofida shahar IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, Bekobod shahar «Andijon» MFYda yashovchi fuqaro K. SH. o‘z ish joyi ya’ni, «O‘zmetkombinat» AJga qarashli “Navli prokat bo‘limi”ning omborxonasida o‘zini-o‘zi osib joniga qasd qilgan.

Marhum o‘limini sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, K.SH. ning o‘limiga bo‘yin a’zolari sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasining 17,21-sonli ma’lumotnomalariga asosan, marhum psixiatr va narkolog ro‘yxatida turmasligi aniqlangan.

Hodisa joyidan ashyoviy dalil sifatida marhum o‘zini osishda foydalangan 1,5 metr bo‘lgan «arqon» olingan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi huzuridagi Davlat mehnat nazorat inspeksiyasiga mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rganish bo‘yicha talabnoma yuborilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Bekobod shahar prokurori tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:22 23.04.2024. O'qildi: 778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!