Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Bekobodda poyezd va mikroavtobus to‘qnashdi

Bekobodda poyezd va mikroavtobus to‘qnashdi

14 iyun kuni soat 16:40 larda Toshkent viloyati Bekobod shahridagi temiryo‘l kesishmasida mikroavtobus va lokomotiv ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat YHHB ma’lum qildi.

Hodisa Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan, shlagbaumsiz, ammo svetofor va yo‘l belgilari bilan jihozlangan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. 2002 yilda tug‘ilgan X.F. boshqaruvidagi JAC rusumli mikroavtobus «O‘zmetkombinat» AJga tegishli dizel lokomotiv bilan to‘qnashgan.

Mikroavtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Hodisa oqibatida transport vositalari texnik shikastlangan. Haydovchi sog‘-salomat. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:15 15.06.2025. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!