Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

BBC APL tarixidagi eng yaxshi murabbiylarni e’lon qildi

BBC APL tarixidagi eng yaxshi murabbiylarni e’lon qildi

BBC Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yaxshi murabbiylar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan «Manchester Yunayted» afsonasi Aleks Fergyuson joy oldi. Shotlandiyalik mutaxassis APLda 13 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Ikkinchi o‘rin «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onani «Arsenal»ning sobiq ustozi Arsen Venger egalladi.

BBC talqini bo‘yicha APL tarixidagi eng yaxshi 10 murabbiy:

10. Karlo Anchelotti — «Chelsi», «Everton»
9. Mikel Arteta — «Arsenal»
8. Roberto Manchini — «Manchester Siti»
7. Kenni Dalglish — «Liverpul», «Blekbern», «Nyukasl»
6. Klaudio Ranyeri — «Chelsi», «Lester», «Fulxem», «Uotford»
5. Yurgen Klopp — «Liverpul»
4. Joze Mourinyo — «Chelsi», «Manchester Yunayted»
3. Arsen Venger — «Arsenal»
2. Pep Gvardiola — «Manchester Siti»
1. Aleks Fergyuson — «Manchester Yunayted»

Kiritildi: 23:46 25.08.2026. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik