Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bayrutdagi portlash jonivorlarga ham ta’sirini o‘tkazdi

Bayrutdagi portlash jonivorlarga ham ta’sirini o‘tkazdi

Bayrutdagi kuchli portlashdan so‘ng yuzlab hayvonlar o‘z egalaridan ajrab ketdi.

Animals Lebanon notijorat tashkiloti xodimlari ularni yana birlashishiga yordam berdi.

Bu haqda «Esquire» nashriga tayanib «ekolog.uz» xabar berdi.

Animals Lebanon tomonidan hozirda 20 ta mushuk va itlar topilib, o‘z egalariga qaytarilgan.

NNT ma’lumotlariga ko‘ra, qisqa vaqt ichida uy hayvonlarini qidirayotgan 200 kishidan qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Shuningdek, portlash Animals Lebanon ofisiga ham ta’sir qilib, bir nechta mushuk shisha qalqon bilan yarador bo‘lgan.

Animals Lebanon direktori Jeyson Mayerning so‘zlariga qaraganda, hayvonlarni qutqarish va o‘z egalariga qaytarish – bunday qiyin damda odamlarni xursand qiladi. OAV va ijtimoiy tarmoqlar hayvonlarning o‘z egalari bilan topishgan videolarini tarqatmoqda.

Kiritildi: 20:00 10.08.2020. O'qildi: 2650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!