Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bayrutda Hizbulloh shtab-kvartirasi rahbari o‘ldirildi

Bayrutda Hizbulloh shtab-kvartirasi rahbari o‘ldirildi

Bayrutda Erondan logistika va qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan Suhayl Husayn Husayniy o‘ldirildi, deb xabar beradi TASS axborot agentligi.

Isroil mudofaa kuchlari shia Hizbulloh harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qo‘mondonlaridan birini o‘ldirganini ma’lum qildi.

Armiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlarining aniq zarbasi natijasida “Hizbulloh” shtab-kvartirasi qo‘mondoni Suhayl Husayn Husayniy halok bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, u Erondan logistika va qurol-yarog‘ yetkazib berish, shuningdek, Hizbulloh bo‘linmalariga qurol-yarog‘ tarqatish uchun mas’ul bo‘lgan.

Kiritildi: 20:15 08.10.2024. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!