Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bayonot rad etildi: Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinaning samaradorligi past emas

Bayonot rad etildi: Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinaning samaradorligi past emas

Xitoyning kasalliklar tarqalishini nazorat qilish markazi direktori Gao Fu mamlakatda ishlab chiqilgan vaksinaning samaradorligi haqidagi bayonotni rad etdi. Bu haqda Global Times xabar bermoqda.

U o‘zining Xitoy vaksinalari past samaradorlikka ega ekanini «tan olgani» to‘g‘risida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar butkul anglashilmovchilik ekanini aytdi. Ga Fu dunyo koronavirusga birinchi marta duch kelgani sababli o‘rganish kerak bo‘lgan ko‘plab ilmiy masalalar borligini, vaksina borasida esa muammoga shunchaki ilmiy yondashuvni taklif qilganini ta’kidladi.

«Echish lozim bo‘lgan ko‘plab ilmiy masalalar bor», – dedi u.

Gao Funing so‘zlariga ko‘ra, bunday xabarlar u vaksina samaradorligini oshirish uchun taklif etgan ilmiy yondashuvdan chalg‘itadi. U emlash samaradorligini oshirish uchun turli vaksinalardan foydalanishni taklif qilganini aytdi.

Kiritildi: 19:40 12.04.2021. O'qildi: 1844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!