Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Baydendan Assanjni afv etish so‘ralmoqda

Baydendan Assanjni afv etish so‘ralmoqda

Amerikalik kongressmenlar - demokrat Jeyms Makgovern va respublikachi Tomas Messi - WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni afv etish tarafdori ekanliklarini bildirdi.

AQSh prezidenti Jo Baydenga yo‘llagan maktubida kongressmenlar bunday harakat ommaviy axborot vositalariga demokratiya va so‘z erkinligini himoya qilish uchun kuchli xabar bo‘lishini ta’kidladi.

Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasidan haydalganidan keyin 2019 yildan beri Buyuk Britaniyaning Belmarsh qattiq tartibli qamoqxonasida saqlanmoqda. Besh yildan ortiq vaqt davomida Vashington Londondan uni Qo‘shma Shtatlarga ekstradisiya qilishga harakat qilmoqda. Assanj Qo‘shma Shtatlarda Amerika tarixidagi eng yirik maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan.

Kiritildi: 23:00 27.11.2024. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!