Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bayden yangi qonun loyihasini imzoladi

A A A
Bayden yangi qonun loyihasini imzoladi

AQSh prezidenti Jo Bayden iqlimni muhofaza qilish, mamlakatning energiya xavfsizligini ta’minlash va aholi salomatligini qo‘llab-quvvatlashga katta sarmoya kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi.

O‘n yildan sal ko‘proq vaqt ichida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun 375 milliard dollar ajratiladi. Yana 64 milliard sog‘liqni saqlash tashabbuslariga, shu jumladan dori-darmonlar narxini pasaytirishga yo‘naltiriladi.

Yirik kompaniyalardan olinadigan yangi soliqlar hamda badavlat jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan to‘lovlarni oshirish hisobiga byudjetga zarur mablag‘lar jalb qilinadi.

Kiritildi: 09:42 17.08.2022. O'qildi: 1686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik