Ushbu sanksiya hali cheklov chorasi qo‘llanmagan rus neft eksport qiluvchi kompaniyalari va go‘yoki “soya floti”ning bir qismi bo‘lgan, energiya resurslarini tashishda foydalaniladigan yuk kemalariga, shuningdek banklar orqali energiya operasiyalarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi lisenziyalarga ta’sir qilishi mumkin.
Muallif fikricha, mazkur ehtimoliy qaror yangi Prezident Donald Trampga Ukrainadagi vaziyatni o‘nglash bo‘yicha taklif etilayotgan muzokarada ishonchliroq pozisiyaga ega bo‘lishda yordam berishi mumkin. Bundan tashqari Baydenda o‘z merosxo‘riga avvalgidan ko‘ra kuchliroq iqtisodiyotni qoldirish imkoni mavjud. Shu bilan birga Bayden Amerikada yonilg‘i narxi yana ko‘tarilishiga sabab bo‘ladigan sanksiyani kuchaytirishdan qo‘rqadi. Ayni shu sababli u uzoq vaqt davomida Rossiya energetika sektoriga nisbatan keskin harakatdan tiyilib kelgan.
G‘arb davlatlarining RFga nisbatan neft bilan bog‘liq sanksiyasi 2022 yil 5 dekabrdan kuchga kirgan. Shu kundan boshlab Yevropa Ittifoqi dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftini qabul qilmay qo‘ydi. “Katta yettilik” davlatlari, Avstraliya va YEI esa neftni dengiz orqali tashish uchun narx chegarasini bir barrelga 60 dollar qilib belgiladi. Qora oltinni qimmat tashish va sug‘urta qilish taqiqlangan. Bunga javoban Prezident Vladimir Putin farmon bilan neftni shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita maksimal narx belgilash mexanizmidan foydalanish nazarda tutilgan mamlakatlarga yetkazib berishni to‘xtatdi.
RF G‘arb bir necha yil oldin qo‘llay boshlagan va kuchaytirishda davom etayotgan sanksiya bosimiga dosh berishini doim ta’kidlab keladi.