AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi mojaroda Rossiya mag‘lubiyati bilan yakunlanishini aytdi.
Buni Amerika rahbari Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan oq uyda uchrashishdan avval jurnalistlarga ma’lum qilgan. Bu haqida «Anadolu» AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, muzokaralar AQSh Ukraina qurolli kuchlari uchun Rossiya hududiga Amerika uzoq masofali raketalari bilan zarba berishga cheklovlarni olib tashlaydimi yoki yo‘qmi degan munozaralar fonida bo‘lib o‘tgan.
«Ukraina o‘zini Rossiya tajovuzidan himoya qilmoqchi bo‘lganida, AQSh Buyuk Britaniya bilan birga Ukrainani qo‘llab-quvvatladi. Putin bu urushni boy berishi aniq, Ukraina g‘alabani qo‘lga kiritadi», deydi AQSh prezidenti.
Jurnalistlarning Putin «AQSh va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaro yuzaga kelishi mumkinligi» to‘g‘risidagi bayonotlariga izoh berishni so‘raganida, Bayden «Putin haqida ko‘p o‘ylamasligini»aytgan.
Oq uy rahbari, shuningdek, G‘azoning blokirovka qilingan sektorida o‘t ochishni to‘xtatish masalasini hamkasbi bilan muhokama qilishini bildirdi.
«Biz HAMAS tomonidan yaqin Sharqda ushlab turilgan mahbuslarni ozod qilish, qisqa fursatda sulh tuzish va G‘azoga keladigan gumanitar yordam hajmini oshirishni ta’minlaydigan kelishuvni muhokama qilamiz»,- degan siyosatchi.