AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat Maxfiy xizmati tomonidan prezidentlikka va vise-prezidentlikka nomzodlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi.
Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.
Hujjatda ta’kidlanganidek, Bayden seshanba kuni "Amerika Qo‘shma Shtatlari Maxfiy Xizmatidan prezidentlar, vise-prezidentlar, prezidentlik va vise-prezidentlikka yetakchi nomzodlarni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan agentlar sonini aniqlashda yagona standartlarni qo‘llashni talab qiluvchi" qonunni imzoladi. Ilgari qonun loyihasi AQSh Kongressining har ikki palatasi tomonidan ma’qullangan edi.