Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bayden Netanyaxuni ishontirishga qiynalmoqda

Bayden Netanyaxuni ishontirishga qiynalmoqda

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qilib, G‘azo sektorida Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

«Prezident Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan suhbatlashib, o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish, shuningdek, mintaqadagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni muhokama qildi», — deyiladi xabarda.

Oq uy, shuningdek, vise-prezident Kamala Xarris muloqotga qo‘shilganini aytdi.

Vashingtondagi Reuters manbalariga ko‘ra, Bayden Netanyaxuni Filadelfiya koridorini nazorat qilish masalasida moslashuvchan bo‘lishga ko‘ndirishga uringan. Netanyaxu G‘azo va Misr chegarasida Isroil armiyasi mavjudligini talab qilsa da, Qo‘shma Shtatlar kelishuvning birinchi bosqichida kuchlarni sezilarli darajada «siyraklashtirishni», ikkinchisida esa belgilangan hududni butunlay tark etishni talab qilmoqda.

Benyamin Netanyaxuning idorasi uning Bayden bilan suhbati haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

Kiritildi: 19:00 22.08.2024. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!