81 yoshli siyosatchining “ABS Nevs” telekanalidagi maxsus chiqishi demokratlarni Bayden “raqobat”ga tayyorligiga ishontirish yo‘lidagi qadam deya baholandi.
Suhbatni olib borgan Jorj Stefanopulos Prezidentni ochiq-oydin savolga tutdi. Jumladan, qayta saylanishga “yaroqli” ekanini isbotlash uchun kognitiv testdan o‘tib, natijani ommaga oshkor qilishi kerakligi aytilganda, Bayden “Men har kuni kognitiv testdan o‘taman, sog‘ligim nazorat ostida” deya keskin javob qaytargan.
Muloqotda Donald Tramp bilan “o‘xshamagan” munozaradan so‘ng u yoshroq nomzodlarga yo‘l berishi kerakligi haqida ham so‘z bordi.
“Hech kim prezidentlikka yoki bu poygada g‘alaba qozonishga mendan ko‘ra munosibroq ekaniga ishonmayman”, dedi u. O‘tgan haftadagi mag‘lubiyatni esa charchoq va “kuchli shamollash”ga yo‘ydi.
Poygani tark etishga nima majbur qilishi mumkinligi haqidagi takroriy savollarga, “Agar Qodir Robbiy tushib, “Jo, poygadan chiq”, desa, men musobaqani tark etardim”, deya javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.