AQSh prezidenti Jo Bayden Kaliforniyadagi 11 ming gektar maydonni qamrab olgan yong‘inni shtat tarixidagi eng yirik va eng halokatli yong‘in deb atadi. Bu haqda u payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
"Bu Kaliforniya tarixidagi eng keng tarqalgan va halokatli yong‘in", – dedi u.
Bayden ta’kidlaganidek, AQSh hukumati yong‘inni o‘chirish uchun Kaliforniyaga qo‘shimcha o‘t o‘chirish ekipajlari va samolyotlarini yubordi. O‘t o‘chirish ekipajlari va o‘t o‘chirish samolyotlari ham Kanadadan olib kelingan.
AQSh prezidenti ayni damda 360 ming kishi evakuasiya qilinganini ma’lum qildi.