Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bayden Yevropa yetakchilari bilan Kiyevni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda

Bayden Yevropa yetakchilari bilan Kiyevni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda

Bayden Yevropa yetakchilari bilan Kiyevni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

"AQSh prezidenti Jo Bayden shu hafta Germaniyaga amaliy tashrifi chog‘ida Yevropa yetakchilari bilan uchrashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qilishi kutilmoqda", deb xabar bermoqda CNN rejalardan xabardor uch G‘arb rasmiysiga tayanib.

Qayd etilishicha, Bayden Germaniyada kansler Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashadi.

Avvalroq, to‘rt davlat yetakchilari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Germaniyaning “Ramshtayn” aviabazasida uchrashishni rejalashtirgan edi, biroq Bayden AQShga yaqinlashayotgan “Milton” to‘foni tufayli rasmiy safarini qoldirganidan so‘ng uchrashuv bekor qilindi.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!